Xitoyni yana bir mashhur brend tark etadi

Sport

image

Sport kiyim va poyafzallarini ishlab chiqaruvchi “Adidas” kompaniyasi Xitoydagi do‘konlarini vaqtincha yopishga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda TASS xabar bergan.

"Biz mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga amal qilamiz. Shu sabab mamlakatdagi ko‘plab do‘konlarimiz yopiladi. Biz Xitoyda hamon faoliyat olib borayotganimiz biznesimizga ta’sir qilishini tan olishga majburmiz. Biroq hozirgi paytda bunday ta’sir darajasini baholashga erta", deydi kompaniya mutaxassislari.

Ma’lumot uchun, Xitoyda “Adidas”ning 500 ga yaqin do‘koni mavjud.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 492 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 24552 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Adidas

Baholaganlar

113

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing