Xitoyliklar dunyodagi birinchi monitor-gazetani taqdim etdi

Texnologiya

image

Xitoyning Dasung kompaniyasi elektron siyohli dunyodagi birinchi monitor-gazetani namoyish etdi. Bu gazetalar kompyuterda ishlashdan aziyat chekadigan insonlarga zararni kamaytirish imkonini beradi. Bu haqda kompaniya o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlar kuniga o‘rtacha 12 soatdan ko‘proq vaqtini kompyuter va smartfon ekranlariga tikilish bilan o‘tkazadi. LCD displeylarning qattiq yorug‘ligi va ekran miltillashi inson sog‘lig‘iga, ayniqsa, ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, ultrabinafsha nurlar bosh aylanishi, ko‘zlarning qurishi, yallig‘lanish, yaqinni ko‘ra olmaslik va bosh og‘rig‘i kabi bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kompaniya shu kabi zararlarni kamaytirish maqsadida qog‘ozga o‘xshash ekranni ishlab chiqdi. Bunday ekranlarda yuqori kontrast, miltillash va porlash yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, olimlar zararsiz ekranlarni an’anaviy qog‘oz bosib chiqarish texnologiyasi asosida ishlab chiqqan. Bunda qog‘ozning ko‘zni charchatmaydigan rangi katta ahamiyatga ega. Displey oq va qora pigmentlarni o‘z ichiga olgan suyuqlikka ega kichik shaffof kapsula bilan jihozlangan.

Yangilanish tezligi standart 60 Gs dan sezilarli darajada past, shuning uchun kompyuter videolarni tomosha qilish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, uni kompyuterga besh usulda: USB Type-C, HDMI, DisplayPort va Apple AirPlay va Miracast simsiz interfeyslari yordamida ulash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning “Unitree Robotics” kompaniyasi uy hayvonlarining o‘rnini bosuvchi Go2 aqlli robotini taqdim etdi. Bu haqda “Science Times” nashri ma’lum qildi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy monitor-gazeta ekran ul'trabinafsha nurlar ko'zlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing