Xitoyliklar Beylga 70 mln yevro maosh taklif qilmoqda
Sport
−
09 iyul 2019
3767Madridning “Real” klubi va Uels terma jamoasi hujumchisi Garet Beylga Xitoy klublaridan qiziqish mavjudligi ma’lum qilindi.
Xorij OAVning xabar berishicha, xitoyliklar futbolchiga haftasiga 1,3 mln, yiliga salkam 70 mln yevro maosh taklif qilishgan. Agar futbolchi bunga rozilik bersa, ayni paytda ishlab topayotgan pulidan 2 barobar ko‘p mablag‘ga ega bo‘ladi.
Bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Beyl yer yuzidagi eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylanashi mumkin. Ayni paytda bu nomni “Barselona” forvardi Lionel Messi o‘zida saqlab turibdi. U hozir Kataloniyada salkam 50 mln yevro maosh olmoqda.
O‘tgan mavsum Garet “Real” safida Ispaniya chempionati doirasida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol kiritdi va 3 ta golli pasni amalga oshirdi.
Oldinroq futbolchiga Milanning “Inter” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, qanot vingerini “Manchester Yunayted” ham o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.
LiveBarchasi