Xitoylik ota-ona bolasini tun bo‘yi televizor ko‘rish bilan jazoladi

Olam

image

Xitoyda er-xotin sakkiz yoshli bolasini juda ko‘p televizor ko‘rgani uchun jazo sifatida tun bo‘yi televizor ko‘rishga majburlagani norozilikka sabab bo‘ldi. Bu haqda “Independent” nashri xabar berdi.

Xitoyning markaziy qismidagi Xunan provinsiyasida yashovchi ota-ona o‘g‘lini uyda qoldirib, unga uy vazifasini bajarib, soat 20:30 da uxlashni buyurgan.

Ammo ular qaytgach o‘g‘lining televizor ko‘rayotgani va uy vazifasini e’tiborsiz qoldirganiga guvoh bo‘lgan. Oqibatda ular jazo tariqasida farzandiga tun bo‘yi televizor ko‘rishni buyurgan va ular bolakayni navbatma-navbat nazorat qilishgan. Nazorat ostida bola avvaliga xotirjam bo‘lib, televizor tomosha qilgan, biroq tungi soat 2 larda yig‘lay boshlagan. Xabarda aytilishicha, unga ertalab soat 5 ga qadar uxlashga ruxsat berilmagan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalayotgan bu voqea  muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ba’zilar buni ota-onaning qattiqqo‘lligi deb atasa, boshqalar buni bolani tarbiyalash usuli deb atadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

362

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made