Xitoylik olimlar yangi koronavirus topganini e’lon qildi

Salomatlik

image

Xitoylik olimlar Afrikada aniqlangan NeoCoV koronavirusi SARS-CoV-2 bilan hujayralarga kirishning o‘xshash tamoyillariga ega va odamlar uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkinligini xabar qilishdi. bioRxiv portalida xitoylik olimlarning maqolasi chop etilgan.

NeoCoV Janubiy Afrikada ko‘rshapalaklarda topilgan va hozircha bu populyatsiya ichida tarqalmoqda. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, u mutatsiyaga uchrashdek yashirin imkoniyatga mavjud. Agarda bu sodir bo‘lsa, virus nafaqat hayvon hujayralari, balki odamlarga ham kirib borish qobiliyatiga ega bo‘ladi. NeoCoV 2010-yillarda tarqalgan Yaqin Sharqdagi respirator sindromi qo‘zg‘atuvchisi MERS-CoV koronavirusining yaqin qarindoshi hisoblanadi.

“Ushbu tadqiqotda biz kutilmaganda NeoCoV va uning yaqin qarindoshi PDF-2180-CoV ko‘rshapalakdan angiotensin-konvertatsiya qiluvchi ferment 2 (ASE2, ba’zi koronaviruslar organizmga kirishda foydalanadigan retseptor)ning ayrim turlaridan samarali foydalanishi mumkinligini aniqladik”, deb yozadi olimlar.

Qayd etilishicha, COVID-19 pandemiyasini keltirib chiqargan SARS-CoV-2 koronavirusi ham tanaga kirish uchun ASE-2 dan foydalanadi.

Xitoylik olimlarning ta’kidlashicha, ularning tadqiqotida MERS-CoV koronavirusi “qarindoshlari”ning ASE2 dan foydalanishi tasvirlangan. Bu “potensial bioxavfsizlik tahdidini” ochib beradi, deydi ular.

Olimlarning ta’kidlashicha, virusning harakatini diqqat bilan kuzatib borish kerak. Shu bilan birga, ular NeoCoV tabiati hali ham yetarlicha o‘rganilmaganini ta’kidladilar.

2019 yil oxirida Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikning avj olgani haqida xabar berilgan edi. U Xubey provinsiyasida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan. 2020 yil 11 mart kuni JSST yangi koronavirus tarqalishini global COVID-19 pandemiyasi deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

489

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing