Xitoylik xakerlar Britaniya Mudofaa vazirligi bazasini buzib kirdi

Olam

image

Kecha, 6 may kuni xakerlar Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari saqlanadigan ma’lumotlar bazasini buzib kirdi. BBC tarqatgan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Hukumat seshanba kuni bu voqea haqida deputatlarni xabardor qiladi. Bu haqda "Sky News" xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hukumat qaysi davlat hududidan hujum uyushtirilganini aytmasa-da, buzg‘unchilarning Xitoyga aloqasi borligiga shama qilgan.

"Xakerlar harbiy xizmatchilarning maoshlari va bank hisob raqamlarini saqlaydigan tizimga kirgan. Ular ba’zi ma’lumotlarni, jumladan xodimlarning yashash manzillari haqida bilib olgan bo‘lishi mumkin", deyiladi xabarda.

Vazirlikning tashqi pudratchisi tomonidan boshqariladigan xakerlik tizimida Buyuk Britaniyaning amaldagi va sobiq armiyasi, dengiz floti va havo kuchlari xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari soliq xizmatiga yuborilgan hujjatlar ko‘rinishida bo‘lgan.

Xakerlar tashqi pudratchi kompyuterlarini buzib kirishi sababli Mudofaa vazirligining tezkor ma’lumotlarini qo‘lga kirita olmagan.

Vazirlik ushbu anomaliyani aniqlaganidan so‘ng darhol chora ko‘rgani – xavfsizlikni kuchaytirgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing