Xitoylik erkak obrazida video oladigan vayner kaltaklab ketildi
3-sahifa
−
29 Oktabr 2023
23319Ijtimoiy tarmoqlarda “Sher pozitiv” nomi bilan xitoylik erkak obraziga kirib video oladigan vayner bir guruh fuqarolar tomonidan kaltaklab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipov QALAMPIR.UZ'ga rasmiy izoh berdi.
Uning ma’lum qilishicha, vayner bilan yuz bergan ushbu holat bo‘yicha Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uch nafar gumonlanuvchi – X.Yu., A.J. va A.O‘. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.
“Ish yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deydi Ismoil Sharipov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyul kuni 20 yoshli instabloger Asadbek Arziqulov (“Asad Algo”) Toshkent shahridagi kafelarning birida kaltaklab ketilganidan bir necha kun o‘tib, vafot etgan edi.
LiveBarchasi