Xitoydan ogohlantirish: Osiyodagi eng uzun daryo quriyapti

Olam

image
0:00
0:00
download

Xitoy hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari va hosil tahdidlari fonida 2022 yilda qurg‘oqchilik haqida birinchi milliy ogohlantirishni e’lon qildi. Bu haqda “Channel News Asia” nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 avgust kuni Xitoyda ob-havo xavfining “sariq” darajasi e’lon qilindi.

Bir necha hafta davomida janubi-g‘arbiy Sichuandan Shanxaygacha bo‘lgan daryo deltasida Osiyoning eng uzun daryosi Yanszi oqimi bo‘ylab g‘ayritabiiy issiqlik kuzatilmoqda.

Yanszi daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Szyansi provinsiyasidagi Poyangxu ko‘lining chorak qismi qurib qolgan.

Shuningdek, Chunsin munitsipalitetining 34 ta okrugidagi 66 ga yaqin daryo qurib qolgan.

Joriy yilning 15 avgust kuni Yanszi uchun asosiy kuzatuv nuqtasi bo‘lgan Uxanda mutaxassislar daryoning sathi 17,54 m atrofida, ya’ni o‘tgan yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan olti metrga past ekanligini qayd etgan. Bu 1865 yildan beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich.

Mutaxassislarning fikricha, bu hodisaga daryo vodiysida yog‘ingarchilikning oz bo‘lishi, uning yuqori qismiga suv oz miqdorda kirib kelishi, yuqori harorat, suvning bug‘lanishini tezlashtirgani sabab bo‘lgan. Aytish joizki, Yanszi Xitoy aholisining uchdan bir qismi yashaydigan hududdan oqib o‘tadi.

Xitoy janubida iyul oyidan beri yuqori harorat kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ko‘plab Yevropa davlatlari, jumladan, Britaniya, Fransiya, Germaniya va Ispaniyada ham g‘ayritabiiy issiqlik va qurg‘oqchilik kuzatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy daryo qurg'oqchilik

Baholaganlar

682

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing