Xitoydagi yong‘inda 38 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning markaziy qismidagi Xenan provinsiyasi Anyan shahridagi zavodda yong‘in chiqdi. Oqibatda halok bo‘lganlar soni 38 kishiga yetdi. Bu haqda bugun, 21 noyabr kuni CCTV telekanali xabar berdi. 

Yong‘in 20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:22da “Anyang Kaixinda Trading” zavodida boshlangan va 20:00 da nazorat ostiga olingan. 

Voqea joyiga 240 nafar o‘t o‘chiruvchi va 63 dona texnika jo‘natilgan. Mahalliy vaqt bilan yarim tunda alanga butunlay o‘chirilgan. 

Yong‘in sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing