Xitoydagi marafon paytida 21 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
23 may 2021
7549Xitoyning shimoli-g‘arbidagi Gansu viloyatida o‘tkazilgan ultramarafon paytida ob-havoning keskin yomonlashishi tufayli 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
Kecha, 22 may kuni ertalab Bayin shahri yaqinida 100 km masofaga yugurish musobaqasi boshlangan. Marafonning balandlikdagi bosqichi bo‘lib o‘tgan hududda ishtirokchilar shiddatli shamol va do‘lga duch kelgan.
Keskin sovuq tushishi tufayli ishtirokchilar jismoniy noqulaylik his qilgan, tana haroratlari pasaygan. Musobaqa esa to‘xtatilgan. Yo‘qolganlarni qidirish uchun mahalliy hokimiyat 700 kishidan iborat qutqaruvchi yuborgan.
Qayd etilishicha, marafonda jami 172 kishi qatnashgan, 151 nafari evakuatsiya qilingan, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
LiveBarchasi