Xitoyda yangi “Lan’ya” genipavirusi aniqlandi

Olam

image

Xitoyda yangi virus – “Lan’ya” genipavirusi aniqlandi. Hayvonlardan kelib chiqqani taxmin qilinayotgan virusni hozirgacha kamida 35 kishi yuqtirgan. Bu haqda Xitoyning "Penpay" nashri yozmoqda.

Unga ko‘ra, Xitoyning Shandun va Xenan provinsiyalarida "Lan’ya"( Langya henipavirus, LayV) infeksiyalari aniqlangan. Virus simptomlariga isitma, charchoq, yo‘tal, anoreksiya, mialgiya (mushaklardagi og‘riq) ko‘ngil aynishi, qusish kiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, yangi virus Nipaxga o‘xshaydi (dunyodagi eng xavfli viruslardan biri, dorisi yo‘q, o‘lim darajasi 40 foizdan 75 foizgacha – tahr.), ammo infeksiyalar hali o‘lim holatiga olib kelmagan va juda jiddiy alomatlar kuzatilmagan.

Shu bilan birga, olimlar "Lan’ya" odamdan odamga yuqishi mumkinligini hali aniqlamadilar. Hayvonot dunyosida virus ko‘pincha yerqazarlar, sutemizuvchilar oilasida aniqlangan, echki va itlarda virusga qarshi antitanachalar ham topilgan.

"Biz ushbu yangi virusga hushyor bo‘lishimiz, ammo vahima qo‘zg‘amasligimiz kerak", deydi Singapur Milliy universiteti professori Van Linfa.

Go‘zal Alimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

554

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing