Xitoyda yana koronavirus avj olyapti. Bunga sabab nima? 

Olam

image

Xitoyda koronavirusning pandemiya boshlanganidan beri eng kuchli avj olishi kuzatilmoqda, bu asl “omicron”dan tezroq tarqalayotgan “stealth-omicron” (stels-omikron) bilan bog‘liq. Bu haqda “Interfaks” yozmoqda. 

Joriy hafta boshida Xitoy rasmiylari mamlakatning o‘nlab shaharlarida 1337 ta yangi koronavirus holati haqida xabar bergan. Infeksiyalarning aksariyati – 895 holat Szilin provinsiyasida aniqlangan.

Shuningdek, 13 mart kuni karantin joriy etilgan mamlakat janubidagi Shenchjen shahrida 75 ta yangi holat, Shanxayda esa 41 ta yangi holat aniqlangan.

Xitoyda kasallanish mart oyining boshida o‘sishni boshlagan. Aksariyat hollarda BA.2 shtammining “stealth-omicron” nomi bilan tanilgan varianti aniqlanmoqda, u asl “omicron”dan tezroq tarqaladi. 

Xitoy COVID-19 ga nisbatan “nol bardoshlik” siyosatiga ega bo‘lgan dunyodagi kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu virus tarqalishini qattiq lokdaunlar va kasallangan fuqarolar bilan aloqada bo‘lganlar uchun majburiy karantin orqali cheklashni anglatadi. 

Bu siyosat Pekinda 2022 yil 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan 24-qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikning bir qismi edi, biroq rasmiylar uni o‘yinlar tugaganidan keyin ham davom ettirishga qaror qilgan. 

Xitoyda pandemiyaning butun davri mobaynida 124 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasiga chalinish holati aniqlangan va kasallik oqibatlaridan 4,6 mingdan ortiq bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

609

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing