Xitoyda O‘RVIning ko‘payib borayotgani yangi patogenlar bilan bog‘liq emas – JSST

Salomatlik

image

Xitoyda o‘tkir respirator virusli infeksiyaga (O‘RVI) chalinish holati keskin ko‘payishi yangi patogenlar bilan bog‘liq emas va COVID-19 infeksiyasi 2018-2019 yildagi ko‘rsatkichlardan oshmagan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) direktori vazifasini bajaruvchi Mariya van Kerxove ma’lum qildi

Unga ko‘ra, mamlakatda kuzatilayotgan O‘RVI bilan kasallanishning o‘sishi JSST ekspertlarini ajablantirmagan. Chunki aksariyat davlatlar bir-ikki yil oldin shunga o‘xshash to‘lqinlarga duch kelgan va bu vaqt o‘tishi bilan o‘z iziga tushib ketgan.

“Hozir xitoylik shifokorlar tomonidan qayd etilayotgan kasallanish to‘lqini 2018 va 2019 yillardagi Covid'ning avj olishi kabi yuqori ko‘rsatkichlarga yetib bormayapti. Ya’ni, bu mamlakatda yangi patogenlar paydo bo‘lganini ko‘rsatmaydi”, deydi Mariya van Kerxove.

Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi vakili Mi Fen yaqin kelajakda Xitoyda O‘RVI bilan kasallanish soni o‘sishda davom etishini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, oxirgi paytlarda qayd etilgan kasallik holatlari gripp virusi tufayli yuzaga kelgan, biroq bir qator bemorlarda rinovirus, mikoplazma pnevmoniyasi, respirator-sinsitial virus va adenovirus ham bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 noyabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoy sog‘liqni saqlash idoralari bilan telekonferensiya o‘tkazgan, unda may oyidan beri bolalarning mikoplazma pnevmoniyasi, oktyabr oyidan esa RSV, adenovirus va gripp virusi bo‘yicha ambulator konsultatsiyalar va shifoxonaga yotqizishlar soni ko‘paygani haqida ma’lumotlar olingan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST Xitoy O'RVI Mariya van Kerxove

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made