Xitoyda o‘lat epidemiyasi xavfi yuzaga keldi
Olam
−
07 avgust 2020
24860Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida bir kishi o‘latning oshqozon shaklidan vafot etdi. Bu Baotou shahar okrugining Darxon-Mumingan uyezdida yuz berdi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar berdi.
Ayni vaqtda qurbon bilan aloqada bo‘lgan 35 kishi karantinga olingan. Tumanda yuqori darajali epidemiologik xavf rejimi ishga tushgan. Bu yil oxirigacha davom etadi. Hukumat mahalliy darajada o‘lat tarqashidan xavfsiramoqda.
Mintaqada kasallikning asosiy manbasi kemiruvchilarning go‘shti va ichki a’zolarini termik ishlov bermasdan iste’mol qilish hisoblanadi.
LiveBarchasi