Xitoyda sinovi yakunlanmagan koronavirus vaksinasi bilan yuz minglab odamlar emlanishi kutilyapti

Olam

image

Joriy yilning iyul oyidan beri yuz minglab xitoylik xavfsizligi va samaradorligi to‘liq isbotlanmagan COVID-19 ga qarshi sinov vaksinasini qabul qilishi kutilyapti. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Dastlab Xitoy vaksinani odamlarda sinovdan o‘tkazishdan oldin ular preparatni oliy rahbariyat va yetakchi tadqiqotchilarga taqdim etgani uchun tanqidga uchragandi. Endilikda keng aholi qatlamini shunday vaksina bilan emlashni boshlash rejalashtirilgan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ular koronavirusni deyarli yo‘q qildi. Ammo endi bu virus hech qachon qaytmasligiga ishonch hosil qilish kerak. Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi vakili Chjen Chjunvey XXR vaksinani JSST bilan bamaslahat qo‘llashga kirishganini ta’kidlagan.

Chjen xavf guruhiga kiruvchi kasb egalari, masalan o‘qituvchilar 22 iyuldan boshlab vaksina bilan emlanish huquqiga ega.

Ammo xorijiy ekspertlar vaksina sinovi yakunlanmasdan uni iste’molga chiqarish xavfli ekanini ta’kidlamoqda. Xitoy rasmiylari dastlabki sinovlar vaqtida hech qanday salbiy holatlar kuzatilmaganini ma’lum qildi.

“Biz favqulodda vaziyatlarda COVID-19 ga qarshi foydalanayotgan vaksinamiz xavfsiz ekanini tushuntirik. Ularning xavfsizligi kafolatlangan, ammo foydali ekanini aniqlash kerak”, degan Chjen.

Vazirlik vakilinigng so‘zlariga ko‘ra, vaksinani qabul qilganlar sinchkovlik bilan kuzatib borilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing