Xitoyda toshqinlar ortidan 30 kishi vafot etdi (video)
Olam
−
29 iyul 2965 1 daqiqa
Shu kunlarda Xitoy poytaxti Pekinda kuzatilayotgan kuchli yomg‘irlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Pekin shahri toshqinlarga qarshi kurash shtabiga tayanib, “Sinxua” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlar shimoliy tog‘li hududlarda qayd etilgan. Miyyun tumanida 28 kishi, Yansin tumanida esa 2 kishi vafot etgan. Toshqinlar tufayli shahar bo‘ylab 80 332 nafar kishi evakuatsiya qilingan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p yog‘ingarchilik Miyyunda qayd etilgan – 543,4 millimetr.
Kuchli yomg‘irlar 31 ta yo‘l uchastkasini ishdan chiqargan va 136 ta qishloqda elektr ta’minoti uzilgan. Kecha, 28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da Pekin shahar toshqin oqibatlarini bartaraf etish shtabi favqulodda choralar ko‘rishning eng yuqori darajasini e’lon qildi. Hokimiyat fuqarolarga kuchli oqimli daryolar hududidan yiroq yurishni qat’iy tavsiya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda kuzatilayotgan musson yomg‘irlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 279 nafarga yetgani xabar qilingan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr