Xitoyda tornado oqibatida 80 ga yaqin kishi jarohatlandi (video)

Olam

image

Kecha, 5 iyul kuni Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasidagi Dongmin okrugida sodir bo‘lgan tornado oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 79 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Tornado mahalliy vaqt bilan taxminan 14:30 da okrugning ma’muriy markazi, Sayyuanszi va Shavo qishloqlari hududini qamrab olgan. Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan. Tabiiy ofat keltirgan zarar hisoblanmoqda.

4 iyul kuni Inan okrugida ham tornado yuz bergan.

Xitoy Milliy meteorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Shandun provinsiyasida har yili o‘rtacha 1,5 ta tornado kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida sodir bo‘lgan kuchli tornado tufayli Xitoyda besh kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made