Xitoyda sel kelishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
14 avgust 2023
2471Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida sel kelishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, yana 6 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 avgust kuni Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismidagi kuchli yog‘ingarchilik Shansi provinsiyasida yirik talofatlarga sabab bo‘lgan. Yog‘ingarchilik shiddatli sel oqimini yuzaga keltirgan, oqibatda 21 kishi halok bo‘lgan, yana 6 kishi bedarak yo‘qolgan.
Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash bo‘yicha davlat boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar 980 dan ortiq kishidan iborat 14 ta qutqaruv guruhi qidiruv ishlarini davom ettirmoqda. Qutqaruvchilar 1100 ta maxsus uskunalar, shu jumladan hayot belgilarini aniqlovchi sensorli qurilmalar, sun’iy yo‘ldosh telefonlari va ekskavatorlar bilan ta’minlangan.
“Sel ikkita turar-joy binosiga, yo‘llarga, elektr tarmoqlariga va aloqa vositalariga zarar yetkazdi. Oqibatda 186 kishi evakuatsiya qilindi, qutqaruv guruhlari transport, elektr ta’minoti va aloqani tiklash uchun avvalo vayron bo‘lgan yo‘llar va infratuzilmani tikladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni Turkiyaning janubi-sharqiy Shonliurfa va Adiyaman viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 18 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.
LiveBarchasi