Xitoyda osmon qizil tusga kirdi (video)

Olam

image

Xitoyning Sina Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Chjoshuan shahrida olingan surat va videolar favqulodda mashhurlikka erishdi. To‘q qizil osmon tasvirlari 150 milliondan ortiq ko‘rildi.

“Men hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman. Osmonning qizil rangga kirishi meni hayratda qoldiradi”, degan video mualliflaridan biri “GlobalTimes” nashriga.

Meteorologlar bu hodisani nam havoda yorug‘likning sinishi va tarqalishi bilan izohladilar. Taxminlarga ko‘ra, g‘alati tus mahalliy portdagi kemalarning yorug‘lik nurlari aks etgani bilan bog‘liq.

O‘sha kuni shaharda haqiqatan ham tuman va bulutli bo‘lgan, kechqurun esa yomg‘ir yog‘a boshlagan. Shuning uchun yorug‘lik haqiqatan ham past darajadagi bulutlarda aks etishi mumkinligi aytilmoqda.

Biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xuddi shunday hodisa Yaponiyada 1770 yilda to‘qqiz kun ketma-ket kuzatilganiga e’tibor qaratishgan. Zamonaviy olimlar buni quyosh faolligining oshishi bilan bog‘lashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

1496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing