Xitoyda Lukashenko va Si Szinpin uchrashdi

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda "Pul pervogo" Telegram-kanali ma’lum qildi.

“Dyaoyuytay hukumati qarorgohida Belarus va Xitoy Xalq Respublikasi rahbari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda”, deyiladi xabarda.

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Belarus allaqachon Xitoy bilan hamkorlik qilish va do‘st bo‘lishga qaror qilgan.

“Munosabatlar darajasining tarixiy yuksalishi an’anaviy yo‘nalishlarni chuqurlashtirishga, hamkorligimizning yangi yo‘nalish va mexanizmlarini ishga tushirishga kuchli turtki berdi. Belarus Xitoy uchun ishonchli hamkor bo‘lgan, shunday bo‘lib qoladi”, deydi Lukashenko.

“Belta” agentligining qayd etishicha, kun tartibidan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va xalqaro hamkorlik masalalari, qator ijtimoiy-gumanitar tadbirlar ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Litva, Latviya va Polsha Prezidentlari Dubaydagi iqlim sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan suratga tushishdan bosh tortgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made