Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Xitoyda ko‘rshapalak orqali yuqadigan yangi virus aniqlandi

Olam

image

Xitoyda ko‘rshapalaklarda COVID-19'ga o‘xshash yangi koronavirus aniqlandi. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni “South China Morning Post” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, virus HKU5 koronavirusining yangi avlodi bo‘lib, Gonkongda ko‘rshapalaklar turi bo‘lgan yapon pipistrellesida aniqlangan. Qayd etilishicha, ko‘rshapalak namunalaridan ajratilgan virus odamlar uchun yuqumli bo‘lishi mumkin.

“Ko‘rshapalak merbekoviruslari odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki oraliq xostlar orqali tarqalishining xavfi yuqori”, deyiladi hisobotda.

Aniqlik kiritilishicha, virus hozircha tarqalishi kutilmayapti, biroq “to‘liqroq tadqiqotlar” o‘tkazilishi kerak.

O‘zbekistonda ham koronavirusga o‘xshash virus tarqaldimi? north_east

O‘zbekistonda ham koronavirusga o‘xshash virus tarqaldimi?

Ma’lumot uchun, 2021 yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xalqaro ekspertlar guruhining koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Uxanga tashrifi to‘g‘risidagi to‘liq hisobotini e’lon qilgandi. Unda mutaxassislar uning laboratoriyadan chiqib ketishini “juda dargumon” deb atagan edi. Shuningdek, hisobotda aytilishicha, yangi turdagi koronavirus odamlarga ko‘rshapalaklar orqali yuqishi mumkin. Koronavirusning kelib chiqishining yana bir versiyasi – hayvonlardan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqishi – mutaxassislar tomonidan “mumkindan ehtimolgacha” farazlar ro‘yxatiga qo‘shildi. JSST missiyasi virusning sovitilgan mahsulotlar orqali yuqishi versiyasini ham “mumkin” deb atagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik shifokorlar mamlakatda inson metapnevmovirusi (hMPV) tarqalishini qayd etgandi. Tadqiqotga ko‘ra, kasallanishning o‘sishi 14 yosh va undan kichik yoshdagi bolalar orasida ayniqsa sezilarli bo‘lib, bu shimoliy hududlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Britaniyaning “Daily Star” gazetasi xabariga ko‘ra, virus COVID-19'ga o‘xshash alomatlar keltirib chiqaradi. Metapnevmovirus pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy ko'rshapalak COVID-19

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing