Xitoyda koronavirusga chalingan bemor o‘pkasida operatsiya o‘tkazildi

Olam

image

Xitoylik shifokorlar Vuxi shahrida (sharqiy Szyansu provinsiyasi) koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemorning ikkita o‘pkasini ko‘chirib o‘tkazilgan murakkab operatsiyani amalga oshirdi. Mahalliy “Shine” axborot manbasining ma’lum qilishicha,  transplantatsiya o‘tgan hafta oxirida shaharning Xalq kasalxonasida o‘tkazilgan va muvaffaqiyatli yakunlangan.

Besh soat davom etgan operatsiyani o‘pka transplantatsiyasi bo‘yicha mamlakatning yetakchi mutaxassisi Chen Szinyuya boshchiligidagi jarrohlar guruhi olib bordi. 59 yoshli bemorda koronavirus infeksiyasi 26 yanvar kuni aniqlangan edi. Operatsiya o‘tkazish zarurligi sabab, boshqa viloyatda vafot etgan bemordan donor o‘pkalari olingan.

“Bu juda xavfli operatsiya edi, chunki barcha jarrohlar himoya kostyumlarida bo‘lishlari kerak edi. Bu operatsiya davomida salbiy bosim keltirib chiqardi”, dedi jarroh Chen Szinyuya. Hozirgi vaqtda shifoxona bemorning ahvoli barqarorligini tasdiqladi va transplantatsiya qilingan o‘pka kislorod bilan to‘yinganini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 89 769 nafarga yetdi. Ushbu kasallikdan 3061 kishi vafot etdi. 45 152 bemor shifo topgan.

Koronavirus eng ko‘p tarqalgan davlatlar: Xitoy (80026 bemor – 2912 nafar vafot etgan), Janubiy Koreya (4335 – 26), Italiya (1696 – 34), Eron (1501 – 66), Yaponiya (256 – 6).


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy koronavirus

Baholaganlar

421

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing