Xitoyda koronavirus tufayli nikoh va kino suratga olish taqiqlanadi

Olam

image

Xitoyda pnevmoniyaning yangi turi tarqalishining oldini olish bo‘yicha profilaktika choralari tufayli mamlakat hududida filmlar va teleseriallarni suratga olish to‘xtatildi. Bu haqda bugun, 1 fevral kuni Xitoy jamoat radio va televizion tashkilotlari federatsiyasi kinematografiya qo‘mitasining rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.

"Koronavirus bilan kurashish paytida hukumatning buyrug‘iga binoan filmlar va teleseriallarni suratga olishda ishtirok etgan barcha kompaniyalar va ishchi guruhlar, shuningdek aktyorlar vaqtincha ishlashni to‘xtatishi kerak", deyiladi bayonotda.

Bayonotda kinematografiya faoliyati taqiqining buzilishi mamlakat qonunlariga muvofiq jazoga olib kelishi ta’kidlangan. Shuningdek, aktyorlarga suratga olish jarayonida qatnashishdan bosh tortish huquqi beriladi.

Shuningdek, 3 fevral kuni Xubey provinsiyasining barcha ma’muriy organlarida viloyatda nikohlarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi. Qarorlar 2019-nCoV koronavirusi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun qabul qilindi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing