Xitoyda “Inter Mayami” o‘yiniga tushgan muxlislarga tovon puli beriladi
Sport
−
19 mart
3085“Inter Mayami” va Gonkong terma jamoasi o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yiniga chipta sotib olgan muxlislar chipta narxining 50 foizini qaytarib oladi. Bu haqda Fransiya matbuot agentligi ma’lum qildi.
Gap shundaki, “Inter Mayami” va Gonkong terma jamoasi o‘rtasidagi ko‘rgazmali o‘yinda Amerika klubi sardori Lionel Messi ishtirok etmagan va muxlislar bundan norozi bo‘lgan.
O‘yin tashkilotchilari muxlislarga tovon puli to‘lab beradi. Fevral boshida bo‘lib o‘tgan o‘yinini ko‘rish uchun stadionga 38 mingdan ortiq muxlis yig‘ilgan.
Qayd etish joiz, Messi jarohati tufayli butun o‘yin davomida zaxira o‘rindig‘ida qolgan. O‘yin uchun chiptaning minimal narxi 115 yevroni tashkil qilgan.
LiveBarchasi