Xitoyda ilk bor insonga cho‘chqa o‘pkasi ko‘chirib o‘tkazildi
Bu qiziq
−
27 avgust 7316 2 daqiqa
Xitoy olimlari dunyoda ilk bor insonga cho‘chqaning o‘pkasini ko‘chirib o‘tkazdi. Bu haqda “Nature Medicine” xabar berdi.
Tajriba Guanchjoudagi tibbiyot markazida o‘tkazilgan. Hayvonda CRISPR texnologiyasi (bakteriyalar va arxeylarning tabiiy immun tizimiga asoslangan DNK’ni aniq tahrirlash texnologiyasi) yordamida o‘zgartirilgan olti gen mavjud bo‘lgan. O‘pka qon quyilishi oqibatida miyasida o‘lim qayd etilgan 39 yoshli erkak retsipiyentga ko‘chirib o‘tkazilgan. Bu sharoit shifokorlarga etik me’yorlarni buzmasdan va iloji boricha haqiqiy holatga yaqin sharoitda qimmatli ma’lumot olish imkonini bergan.

Operatsiyadan so‘ng organ 216 soat (to‘qqiz kun) davomida tirik holatda saqlanib, o‘tkir rad etilish yoki infeksiya belgilari kuzatilmagan. Biroq ko‘chirib o‘tkazilgandan bir sutka o‘tgach, shifokorlar transplantat disfunksiyasini eslatuvchi og‘ir shish kuzatishgan.
“Garchi bu tadqiqot cho‘chqa o‘pkasini insonga ksenotransplantatsiya qilish imkoniyatini ko‘rsatsa-da, organni rad etish va infeksiya bilan bog‘liq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda va bu usulni klinik amaliyotga joriy etish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliyada 2024 yil noyabr oyida Sidneyda jarrohlar 6 soatlik operatsiya davomida titandan yasalgan BiVACOR Total Artificial Heart sun’iy yuragini og‘ir yurak yetishmovchiligiga chalingan bemorga o‘rnatgandi. Keyin esa 40 yoshli erkak to‘liq sun’iy yurak bilan 100 kun yashab rekord qayd etgan.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr