Xitoyda giperrealistik robot-delfin yasaldi (video)
Texnologiya
−
25 iyul 2020
9168Xitoyda istirohat bog‘laridagi delfinlarni qutqarish uchun ajoyib loyiha amalga oshirilyapti. Edge Innovations kompaniyasi jonli delfinlarning huddi o‘zidek robotlar yasash ustida ish olib boryapti.
Hozirgi vaqtda gipperrealistik robot-delfinlar tayyor. Ular Xitoydagi akvariumda suza boshladi.
Hayratlanarli darajada jonlisiga o‘xshash robot-delfinlar Edge Innovations kompaniyasining maxsus efektlar bo‘yicha mutaxassislari va Walt Disney Imagineering kompaniyasi vakillari Uoltom Konti hamda Rojer Xolsberg tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan.
Robotning og‘irligi 270 kg, uning quvvati 10 soatga yetadi va sho‘r suvda 10 yilgacha “yashay” oladi. Ajoyib suyak va muskulli tuzilma robotga haqiqiy jonivordek harakatlanishga imkon beradi.
Uning yagona kamchiligi, hozircha avtonom rejimda ishlay olmadi. Uni inson buyruqlariga javob qaytarishi uchun chetdan operator boshqarib turishi kerak.
Bu model hozir Xitoydagi yangi akvariumda sinovdan o‘tkazilyapti. Edge Innovations keyingi uch yilda 150 ta robot-delfin sotishga umid qilyapti.
Robotlashtirilgan delfinlar va boshqa mavjudotlar akvarium hamda turli parklardagi mavjudotlarni ozod qilish uchun oqilona yechim bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi