Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochildi (video)
Bu qiziq
−
29 Sentabr 9809 1 daqiqa
Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasida Huajiang Grand Canyon ko‘prigi uch yillik qurilishdan so‘ng ochildi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘prik 28 sentyabr kuni foydalanishga topshirilgan. Uning balandligi 625 metrni tashkil qiladi. U San-Fransiskodagi “Oltin darvoza” ko‘prigidan qariyb 9 marta katta.
Mutaxassislarning fikricha, Huajiang Grand Canyon ko‘prigi sayohat vaqtini ikki soatdan ikki daqiqaga qisqartiradi. Ko‘prikni sinovdan o‘tkazish uchun joriy yilning avgust oyida 96 ta yuk mashinasi belgilangan nuqtalardan haydab o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, Huajiang Grand Canyon ko‘prigi endi tog‘li hududda qurilgan dunyodagi eng baland ko‘prik hisoblanadi. Bundan avval eng baland ko‘prik Xitoyning Guychjou va Yunnan provinsiyalari o‘rtasidagi balandligi 565 metr tashkil qilgan Beipanjiang ko‘prigi edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi mamlakat shimolidagi Jammu va Kashmir viloyatida Chenab daryosi ustidagi dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigida harakatni ochgandi.
Malikabonu Muhammedova