Xitoyda bolalarni zaharlagan bog‘cha tarbiyachisi qatl qilindi

Olam

image

Xitoyda 25 nafar bolani zaharlagan bog‘cha tarbiyachisi o‘limga hukm qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Szyaoszo shahri xalq sudi 39 yoshli bog‘cha tarbiyachisi Vang Yunni bolalarni zaharlaganlikda ayblab, o‘limga hukm qilgan. U 2019 yilning 27 mart kuni hamkasbidan o‘ch olish uchun uning guruhidagi bolalarning bo‘tqasiga natriy nitrit qo‘shib qo‘ygan. Oqibatda 25 nafar bola zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, ulardan biri keyinroq vafot etgan.

Tergov ishlari natijasida bu Vang Yunning shaxsiy muammolarini hal qilish uchun natriy nitritdan birinchi marta foydalanishi emasligi aniqlangan. U 2017 yilda oilaviy muammolar tufayli eri bilan janjallashib qolib, internet orqali sotib olingan natriy nitrit orqali uni zaharlagan. Biroq ayolning rejasi o‘xshamasdan erining hayoti saqlab qolingan.

Vang Yun mazkur jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, joriy yilning 13 iyul kuni qatl qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy qatl bog'cha tarbiyachisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing