Xitoyda bolalar bog‘chasiga hujum qilindi
Olam
−
10 iyul 2023
5468Xitoyning janubi-sharqidagi Guandun provinsiyasida bolalar bog‘chasiga qilingan pichoqli hujum oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, bir kishi yaralandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, hujum bugun, 10 iyun kuni Lyanszyan okrugidagi bolalar bog‘chasiga uyushtirilgan. O‘sha paytda ota-onalar farzandlarini yozgi darslarga tashlab ketayotgan bo‘lgan.
Politsiya voqeani qasddan hujum deb atagan. Gumonlanuvchi erkak hujumdan 20 daqiqa o‘tib, hibsga olingan. U 25 yoshli Vu Mujiye bo‘lib, hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Uyushtirilgan hujum oqibatida bir o‘qituvchi, ikki ota-ona va uch nafar o‘quvchi qurbon bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprel kuni Braziliya janubidagi Santa-Katerina shtatida kichik bolta bilan qurollangan erkak 4 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini o‘ldirgan edi.
LiveBarchasi