Xitoyda 84 foiz bemor koronavirusdan tuzaldi. Ular bunga qanday erishdi?
Salomatlik
−
16 mart 2020
22206Xitoyda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni kundan kun kamaymoqda. Bugunga kelib 9898 kishigina kasalxonada qolmoqda. XXR Sog‘liqni saqlash bo‘yicha davlat qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, virusga chalinganlarning 84 foizi tuzalib ketgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda tasdiqlangan koronavirus infeksiyasi holatlari soni 80 860 ga yetdi. Shundan 67 749 kishi davolandi va kasalxonadan chiqarildi. Bu ko‘rsatkich umumiy holatlarning 83,78 foizini tashkil qiladi.
Xitoy qanday qilib ijobiy natijalarga erishmoqda? Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov shunday dedi:
“Bugungi kunda faqat Xitoy koronavirusni o‘sishini to‘xtata oldi. O‘limlarni ham ortga qaytara oldi, ijobiy o‘zgartirishga erishdi, vaziyatni qo‘lga oldi. Nimaning hisobiga? Tartib-intizomning hisobiga. Xalqning to‘g‘ri tushungani hisobiga. Xitoyda ham boshida ancha qiyinchilik bo‘ldi. Hattoki ular karantin talablariga rioya etmaganlarga jinoiy javobgarlik joriy etib, maxsus qamoqxonalargacha olib borishdi.
Albatta, bizning mamlakatda bunday choralar haqida gap ketmayapti, lekin biz mana shu talablarga rioya etilsa, kasallikni o‘z vaqtida aniqlash imkoniga ega bo‘lamiz. Oila a’zolari, hamkasblari, mahalladoshlari yoki tengdoshlarini ham kuzatib, ularga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaymiz”.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
LiveBarchasi