Xitoyda 43 kishi bir umrga futboldan chetlatildi
Sport
−
10 Sentabr 2024
3283Bugun, 10 sentyabr kuni Xitoyda 43 kishi qimor o‘yinlari va kelishilgan o‘yinlar uchun futbol faoliyatidan bir umrga chetlashtirildi. Bu haqda mamlakat Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jazolanganlar orasida Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchilari Jin Jingdao, Guo Tianyu va Gu Chao, shuningdek, janubiy koreyalik futbolchi Song Jun Xo bor.
Xitoy rasmiylari ikki yildan beri onlayn qimor o‘yinlari, kelishilgan o‘yinlar va poraxo‘rlik bilan bog‘liq ishlarni tekshirmoqda. Tergovda 120 ta o‘yin, 128 ta jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs va 41 ta futbol klubi ishtirok etgan. 17 nafar ayblanuvchi besh yilga diskvalifikatsiya qilindi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar