Xitoyda 300 metrlik osmono‘par bino qiyshayib qoldi (video)
Olam
−
19 may 2021
20385Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan 300 metrlik SEG Plaza osmono‘par binosi qiyshayib qoldi. Natijada hududdagi odamlar vahimaga tushdi.
Bino ichidagi odamlar bu harakatni sezib, uni darhol tark etishga shoshilgan. Ko‘chada bo‘lganlar ham osmono‘par binodagi o‘zgarishni sezgan va turli yo‘nalishlarda tarqala boshlagan.
突发
— 古今多少事 (@gujinduoshaoshi) May 18, 2021
深圳华强北赛格楼震动分分撤离。
这就叫垃圾国 !
世界上最大的垃圾场就是中共国。
🤬🤬🤬🤬🤬 pic.twitter.com/dUXQZA1jbV
Voqeadan bir yarim soat o‘tgandan so‘ng, SEG Plaza’ning ichida bitta ham odam qolmagan.
Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. Binoda nega bunday g‘alati o‘zgarish bo‘lgani sirligicha qolmoqda: o‘sha paytda na kuchli shamol, na zilzila qayd etilgan.
Buning sabablaridan biri bino poydevorining cho‘kkani bo‘lishi mumkin. Biroq, osmono‘par bino 2000 yilda qurilgan, ya’ni oradan ko‘p vaqt o‘tmagan.
Ma’lumot o‘rnida, binoda kompaniyalar ofislari va do‘konlar joylashgan.
LiveBarchasi