Xitoyda 2 nafar yuqori martabali generalga nisbatan tergov boshlandi
Olam
−
13:58 1494 1 daqiqa
Xitoyda ikki nafar yuqori lavozimli amaldorga nisbatan tergov ishlari boshlandi. Bu haqda Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi ciyosiy byurosi a’zosi va Markaziy harbiy kengash raisining o‘rinbosari Chjan Yusya, shuningdek Markaziy harbiy kengash a’zosi va Markaziy harbiy kengash Qo‘shma shtabi boshlig‘i Lyu Chjenli “intizom va qonunni jiddiy ravishda buzishda” gumon qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, Chjan Yusya 75 yoshda bo‘lib, Xitoy harbiy elitasidagi eng yuqori martabali shaxslardan biri hisoblanadi. U real jangovar tajribaga ega bo‘lgan kam sonli amaldagi generallardan bo‘lib, 1979 yildagi Xitoy–Vetnam urushida hamda 1984 yilda Laoshan hududidagi janglarda qatnashgan.

Lyu Chjenli 61 yoshdagi urush faxriysi va mukofotlar sohibi bo‘lib, xizmat pog‘onalaridan tez ko‘tarilgan. U XXR Xalq ozodlik armiyasida eng yosh oliy darajadagi general bo‘lgan, 2022 yilda esa Markaziy harbiy kengash Qo‘shma shtabi departamentiga rahbar etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda “China Huarong International Holdings” kompaniyasining sobiq bosh direktori Bay Tyanxuy 1,1 milliard yuan (taxminan 156 million AQSH dollari) miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilib, osib o‘ldirilgandi.
Live
Barchasi