Xitoyda 180 ga yaqin shifoxona rahbarlari korrupsiyada gumonlanib hibsga olindi
Olam
−
15 avgust 2023
3229Xitoyda Sog‘liqni saqlash sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash doirasida 176 nafar shifoxona rahbari hibsga olindi. Bu haqda “Global Times” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi haftalarda Shandun, Shinjon, Tyanszin va Szyansu kabi 20 dan ortiq viloyat darajasidagi mintaqalar sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yig‘ilishlar boshlagan.
Avgust oyi boshidan beri har kuni tibbiyot tizimi mutasaddilari tekshirilayotgani va egallab turgan lavozimidan chetlashtirilayotgani haqida xabarlar kelib tushgan. Masalan, Shensi provinsiyasi bu yil tibbiy korrupsiyaga oid 2521 ta xabarnoma olganini e’lon qilgan, 937 nafar shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilgan.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha ekspert Chjun Chunminning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasidagi korrupsiya Xitoy sog‘liqni saqlash tizimidagi ishonchga putur yetkazuvchi jiddiy muammodir.
Shuningdek, u bunday jinoyatlar tibbiy resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladi, chunki bemorlarni davolash uchun ajratilgan mablag‘lar noto‘g‘ri sarflanadi.
Xususan, Xunan provinsiyasi o‘tgan hafta shifoxona bo‘limi boshlig‘iga qarshi tergov ishini to‘qqiz nafar xodimning qoidalarni buzganidan shikoyat qilganidan so‘ng ochgan va oqibatda ikki bemor o‘limiga sabab bo‘lgan.
Joriy yilning iyul oyida Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi, Xitoyning bozorni tartibga solish davlat boshqarmasi va boshqa yettita davlat idoralari sog‘liqni saqlash sohasidagi korrupsiyaga qarshi bir yillik kampaniyani boshlagan.
LiveBarchasi