Xitoycha firibgarlik. Zargar 83 tonna soxta oltin tayyorlagani fosh etildi
Olam
−
04 iyul 2020
11874Xitoyda zargar qarz olish uchun oltin yombilarini soxtalashtirishga urindi va 80 tonnadan ziyod soxta oltin ishlab chiqardi. Ammo ana shunday xatti-harakatlari paytida firibgarlik ustida qo‘lga olindi.
Wuhan Kingold Jewelry kompaniyasi soxta oltin garovi uchun ssudalar va qarzlar oldi. Uning olgan qarzlari bir necha yil ichida jami 2,8 milliard dollarga yetdi.
Zargar tomonidan ishlab chiqilgan hiyla-nayrang sxemasi o‘z vaqtida pulini ololmagan kreditor tomonidan fosh etildi. U pullari qaytmagach, garov evaziga qo‘yilgan oltin yombilardan birini sotmoqchi bo‘ladi va shundagina chuv tushganini bilib qoladi. Chunki oltinlar haqiqiy emas, balki yaltiroq asaldan ishlangan edi.
Boshqa kreditorlar ham kompaniyadan soxta oltin yombilarini qabul qilib olishganini tasdiqlashgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Wuhan Kingold Jewelry kompaniyasi jami bo‘lib 83 tonna qalbaki oltin tayyorlagan. Bu Xitoy oltin zaxirasining 4,3 foizini tashkil etadi.
LiveBarchasi