Xitoy Yevropa ustidan JSTga arz qildi 

Olam

image

Xitoy Yevropa komissiyasining Xitoydan kelayotgan elektromobillarga qo‘shimcha bojlar joriy etish haqidagi qarori ustidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) rasman shikoyat qildi. Bu haqda kecha, 9 avgust kuni Xitoy Savdo vazirligi xabar berdi.

Bayonotda Bryussel qarori JST qoidalariga zid ekani va “iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda global hamkorlik”ga putur yetkazishi ta’kidlanadi.

Savdo departamenti Yevropa Komissiyasini "zudlik bilan o‘zining noto‘g‘ri amaliyotlarini tuzatishga" hamda "Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi, shuningdek, elektr transport vositalari uchun sanoat va ta’minot zanjirlari barqarorligini saqlash uchun birgalikda ishlashga" chaqirdi.

Qayd etish joizki, 4 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Xitoydan elektromobillar uchun 17,4 foizdan 37,6 foizgacha bojxona to‘lovlarini joriy qildi. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu tariflar to‘qqiz oy davom etgan "noqonuniy subsidiyalar"ga qarshi kurash bo‘yicha tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘llanilgan. Yevropa Ittifoqining oliy ijroiya organi Xitoy bilan ushbu mavzu bo‘yicha maslahatlashuvlar "so‘nggi oylarda faollashgani" va Yevropa tomoni JST qoidalariga muvofiq muzokaralar yo‘li bilan kelishuvga erishishni kutayotganini aniqladi.

10 iyul kuni XXR Savdo vazirligi Xitoy elektromobillariga Yevropa bojlari bo‘yicha tekshiruv boshladi. U 2025 yil 10 yanvarda tugaydi va zarurat tug‘ilganda uch oyga uzaytirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Xitoy JST

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made