Xitoy Yaponiyani ogohlantirdi

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansining sharq tomon kengayishiga qarshi bo‘lgan Xitoy hukumati Yaponiyaga tinchlik va barqarorlikka putur yetkazuvchi harbiy birlashmalarga ergashmaslikni, tinch rivojlanish yo‘lidan borishni maslahat berdi. Bu haqda bugun, 26 may kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.

“Biz Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida NATO sammitida ishtirok etmoqchiligi haqidagi xabarlarga e’tibor qaratdik. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi geografik jihatdan Atlantikaga tegishli emas. Alyansning sharqqa tomon oldinga siljishi, shubhasiz, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi”, degan u brifingda. 

Shuningdek, u Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari va xalqlari bu masalada o‘ta hushyor bo‘lishini, har qanday harbiy birlashmalarning bo‘linish va qarama-qarshilikni qo‘zg‘atuvchi bayonotlari va harakatlariga qarshi chiqishini qayd etgan. 

Mao Ningning qo‘shimcha qildiki, Yaponiya tarix saboqlarini yodda tutishi va taraqqiyotning tinch yo‘lidan borishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO Tokioda vakolatxonasini ochishni rejalashtirayotgani aytilgandi. Yaponiya hukumati rahbari Fumio Kisida esa Tokio Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishni rejalashtirmayotganini bildirgandi. Biroq hozirda Kisidaning joriy yilning iyul oyida Litvada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etishi ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Xitoy Yaponiya Kisida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing