Xitoy vakili Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrifdan maqsad nima?

Olam

image

Xitoyning Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuy urushni tugatish va Xitoy-Ukraina munosabatlari bo‘yicha fikr almashish uchun Ukrainaga bordi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbing ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Li Xuy Ukrainaga safari davomida Prezident Vladimir Zelenskiy, Prezident devoni rahbari Andrey Yermak, Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, shuningdek, infratuzilma, energetika va mudofaa vazirlari bilan uchrashgan.

Mamlakat oliy rahbariyati bilan suhbatda Xuy fevral oyida Xitoy yetakchisi Si Szinpin tomonidan taklif qilingan “tinchlik rejasi”ga asoslangan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha Xitoy pozitsiyasini bayon qilgan. Uning ta’kidlashicha, Pekin o‘z rejasi asosida tinch yo‘l bilan tartibga solishda ishtirok etishga tayyor.

“Li Xuy Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasini bayon qildi. Rais Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan takliflar Xitoyning Ukraina mojarosini siyosiy yo‘l bilan hal qilishning asosiy tamoyillaridir. Inqirozni yengib o‘tishning urush va tinchlik muzokaralarini tugatish uchun shart-sharoit yaratishdan boshqa yechimi yo‘q. Xitoyning Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha pozitsiyasidan kelib chiqib, Xitoy xalqaro hamjamiyatga eng yuqori umumiy kelishuvni shakllantirishda yordam berishga tayyor. Ukraina inqirozini hal qilish va urushni yakunlash, o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikni imkon qadar tezroq tiklash uchun o‘z sa’y-harakatlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan”, deyiladi Xitoy TIV bayonotida.

Shuningdek, ikki davlat vakillari ham mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun birgalikda ishlashga kelishib olgan.

Ma’lumot uchun, 12 may kuni Pekinning urushni tugatish uchun vositachi bo‘lish niyati doirasida Xitoyning maxsus vakili Ukrainaga tashrif buyurishi ma’lum bo‘lgan. Delegatsiyaga Xitoyning Rossiyadagi sobiq elchisi Li Xuy yetakchilik qilgan. U 16-17 may kunlari Kiyevda bo‘lib, Rossiya bosqinidan keyin Ukrainaga borgan eng yuqori martabali xitoylik amaldorga aylandi.

Xitoyning maxsus vakili Ukrainadan keyin Polsha, Fransiya, Germaniya va nihoyat Rossiyaga ham borishi rejalashtirilgan. AQSH Davlat departamenti esa bu tashrifning ahamiyatini Xitoy uchun Ukraina pozitsiyasini eshitish muhimligi bilan izohlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Ukraina Zelenskiy Evroosiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing