Xitoy va Rossiya Yapon dengizida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image

Rossiyaning Tinch okeani floti harbiy kemalari otryadi iyul oyida Yapon dengizida bo‘lib o‘tadigan “Shimol/O‘zaro hamkorlik-2023” rus-xitoy harbiy-dengiz kuchlarining qo‘shma mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Vladivostokdan jo‘nab ketdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, mashg‘ulotlarda Rossiya Federatsiyasidan "Admiral Tributs" va "Admiral Panteleyev" suv osti kemalariga qarshi yirik kemalar, "Momaqaldiroq" va "Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Aldar Sidenjapov" korvetlari ishtirok etadi.

Xitoy tomonidan ham bir necha kun avval Xalq ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlarining to‘rtta harbiy kemasi va yordam kemasi Sindao portidan mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan hududga jo‘nab ketgan.

Xitoy Mudofaa vazirligi Rossiya va Xitoy Qurolli kuchlari o‘rtasidagi hamkorlikning yillik rejasiga muvofiq, rossiyalik harbiylar tez orada harbiy-dengiz floti va havo kuchlarini Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi jangovar qo‘mondonligining Shimoliy zonasi tomonidan tashkil etilgan “Shimol/O‘zaro hamkorlik-2023” qo‘shma mashg‘ulotida ishtirok etish uchun jo‘natishini ma’lum qilgan. 

Xitoy vazirligining bildirishicha, mashg‘ulotlardan maqsad strategik dengiz kanallari xavfsizligini ta’minlash, Xitoy va Rossiya Qurolli kuchlari o‘rtasidagi strategik muvofiqlashtirish darajasini oshirish, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni birgalikda qo‘llab-quvvatlash hamda turli xil xavfsizlik muammolariga javob berish qobiliyatini rivojlantirish bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Yapon dengizi qo'shma mashg'ulo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing