Xitoy va Rossiya ommaviy qirg‘in qurollarini kengaytirdi  – AQSH

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy va Rossiya so‘nggi 10 yil ichida ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqish, yaratish va yetkazib berish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirdi, deb hisoblaydi. Bunday baholar AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan Ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi kurash strategiyasida keltirildi.

Hujjatda ma’lum qilinishicha, 2014 yilda avvalgi strategiya e’lon qilinganidan beri Xitoy va Rossiyaning ommaviy qurollarni yaratish, rivojlantirish va yetkazib berish imkoniyatlari oshgan. 

“Rossiya qisqa muddatda yadroviy, biologik va kimyoviy qurollar sohasida eng keskin tahdidni keltirib chiqarmoqda. U qisqa va uzoq muddatli istiqbolda ommaviy qirg‘in qurollari sohasidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishda davom etadi”, deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, Pentagon Xitoyni Qo‘shma Shtatlar uchun "keng qamrovli va shoshilinch muammo" deb hisoblaydi.

“XXR Qo‘shma Shtatlarning harbiy afzalliklarini zararsizlantirish maqsadida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasining deyarli barcha elementlarini kengaytirdi va modernizatsiya qildi”, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlariga ommaviy qirg‘in qurollari sohasida "doimiy tahdid" Eron, Shimoliy Koreya va ekstremistik tashkilotlardan kelayotgani qayd etilgan.

Pentagon tomonidan o‘tgan yilning oktyabr oyida e’lon qilingan AQSHning yangi Milliy mudofaa strategiyasida Xitoy AQSH uchun asosiy muammo sifatida belgilangan va Rossiya “o‘tkir tahdid” deb atalgan. Hujjatning e’lon qilinishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Xitoy xalqaro tartibni o‘zgartirish niyatida va buning uchun imkoniyatlarni oshirgan holda Qo‘shma Shtatlar uchun yagona raqobatchi ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy ommaviy qirg'in qurollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing