Xitoy o‘zining birinchi elektr samolyotini sinovdan o‘tkazdi
Texnologiya
−
06 yanvar
4843Yengil ikki o‘rindiqli AG60E elektrosamolyoti Xitoyda sinov parvozini amalga oshirdi. Bu haqda China Aviation Industry General Aircraft Corporation ishlab chiqaruvchisi ma’lum qildi.
Sinov parvozi Xanchjouning Szyande shahridagi Syandaoxu fuqaro aviatsiyasi aeroportida amalga oshirilgan. AG60E uzunligi 6,9 m, qanotlari kengligi 8,6 m, maksimal tezligi 185 km/soat.
“Elektr samolyotlari aviatsiya tarixining aksariyat qismi uchun xayoldan boshqa narsa bo‘lmagan”, deb ta’kidlaydi “The New York Times” nashri.
Biroq, batareyalar va boshqa komponentlardagi texnologik innovatsiyalar milliardlab dollar sarmoya bilan birgalikda elektr parvozini amalga oshirishga imkon berdi. Elektr samolyotlari parvoz paytida zararli chiqindilar chiqarmaydi, shuningdek, oddiy vertolyotlar va samolyotlarga qaraganda boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish osonroq.
Biroq hali ham elektr samolyotlari mashhur bo‘lmasligi va faqat qisqa masofalarga parvozlarni amalga oshirishi kutilmoqda.
AeroDynamic Advisory aviatsiya konsalting kompaniyasi boshqaruvchi direktori Kevin Mayklsning aytishicha, bugungi kunda elektr aviatsiyasi oldida turgan muammolar XX asr boshlarida avtomobilsozlik sanoati oldida turgan muammolarga o‘xshaydi.
U o‘sha paytda dunyoda o‘ziga xos yondashuvga ega bo‘lgan bir necha yuzlab ishlab chiqaruvchilar borligini, shu bilan birga, yo‘llar, svetoforlar va sug‘urta yo‘qligini, ammo bu soha rivojlana olganini bildirgan.
LiveBarchasi