Xitoy O‘zbekistonga $37,5 mln beg‘araz yordam beradi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar yordam beradi. Bu haqda kecha, 24 may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Hukumati va XXR Hukumati o‘rtasida imzolangan Texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan

Bitimga ko‘ra Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 37,5 mln dollar miqdorida beg‘araz yordam ko‘rsatadi.

Bitimni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan imzoladi.

Abbos Lapasov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing