Xitoy Ukrainaga qo‘shin yuborishni o‘rganmoqda – OAV

Olam

image

Xitoy hukumati Ukrainadagi ehtimoliy tinchlikparvar missiyada ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqidagi manbalarga tayanib, “Welt am Sonntag” nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, xitoylik diplomatlar Bryusselda yevropalik hamkasblari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazib, Xitoyning Fransiya tomonidan ilgari surilgan “ko‘ngillilar koalitsiyasi” tarkibida ishtirok etish ehtimolini o‘rgangan. Ularni, xususan, Yevropa davlatlariga ushbu qadaming yoqish-yoqmasligi yoki ushbu ishtirokni Yevropa xohlaydimi, degan masalalar qiziqtirgan.

“Xitoyning “ko‘ngillilar koalitsiyasi”ga qo‘shilishi Rossiyaning Ukrainada tinchlikparvar qo‘shinlarning joylashtirilishiga rozilik berish ehtimolini oshirishi mumkin”, deydi Bryusseldagi manbalar.

Shu bilan birga, ular bu masalani “nozik” deb atagan. Fransiya esa “ko‘ngillilar koalitsiyasi” sammitiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va boshqa davlatlarga qo‘shilib, Rossiya bilan tinchlik kelishuvidan so‘ng Ukrainaga tinchlikparvar kuchlari yuborishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati avvalgi pozitsiyasini o‘zgartirib, endilikda ko‘p millatli tinchlikparvar kuchlar tarkibida Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan.

Shuningdek, Daniya hukumati va parlamenti Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar jo‘natish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Ukraina tinchlikparvar missiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing