Xitoy Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitida qatnashmaydi
Olam
−
31 may
8869Xitoy Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasida ishtirok etmasligini tasdiqladi. Bu haqda manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi.
Manbalarning aytishicha, Pekin taklifni rad etgan, chunki uning ishtirok etish shartlari bajarilmagan. Xitoy bu hafta diplomatlarga bajarilmagan shartlar orasida konferensiyani Ukraina va Rossiya tomonidan tan olinishi, unda teng ishtirok etishi va barcha takliflarning adolatli muhokama qilinishini aytgan.
Shveysariya hukumati 15-16 iyun kunlari Burgenstok kurortida Ukraina bo‘yicha konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shveysariya rasmiylariga ko‘ra, ushbu uchrashuvga taklif qilinganlar orasida Rossiya Federatsiyasi yo‘q. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin avvalroq agar ular mamlakatni u yerda ko‘rishni istamasa, Rossiya konferensiyada qatnashishni so‘ramasligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha sammitga Rossiyadan tashqari 100 dan ortiq davlat va tashkilotlar taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva hali ham Rossiya tajovuzkorligi bilan bog‘liq kelasi oy rejalashtirilgan “tinchlik sammiti”ni izdan chiqarishga urinayotganini, Kreml davlatlarga ushbu uchrashuvda qatnashmaslik uchun bosim o‘tkazayotganini aytgandi.
LiveBarchasi