Xitoy uch davlat rahbarini odam o‘rnida ko‘rmadi

Olam

image

Pekin uchta G‘arb davlatining rahbarlarini yil oxirida Xitoyda bo‘lib o‘tadigan "Bir makon, bir yo‘l" sammitiga taklif qilmadi. Bu haqda Xitoyning “Global Times” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, tadbirga taklifnomalarning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlar rahbarlari tomonidan qabul qilingan. Biroq, ayrim yirik mamlakatlar rahbarlari taklifnoma olmagan. Bular: Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni.

“Rahbarlarning taklifi yoki tegishli hamkorlik kelishuvlari bo‘ladimi, Xitoy forumning ko‘lami va miqdori emas, balki sifati va samaradorligini ko‘zlamoqda”, deyiladi xabarda.

Maqolada qayd etilishicha, ba’zi G‘arb ommaviy axborot vositalarining yuqorida tilga olingan Yevropa yetakchilari go‘yoki o‘zlari forumga borishni rejalashtirmayotgani haqidagi yozayotgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

"Ishtirok etishdan qochish haqidagi taxmin shunchaki asossiz, chunki Xitoy ularga taklifnoma yubormagan", deb ta’kidlaydi nashr.

Ma’lumot uchun, Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi Osiyoni quruqlik va dengiz yo‘llari orqali Afrika va Yevropa bilan bog‘lash dasturidir. U Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 dan ortiq mamlakatlarini bog‘laydi. “Bloomberg”ning yozishicha, dastur butun dunyo bo‘ylab infratuzilma loyihalarini 900 milliard dollarga moliyalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krosetto  Italiya “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusidan chiqishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Frantsiya Xitoy Italiya Makron Pekin Shol'ts Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing