Italiya Xitoyning “Ipak yo‘li”dan chiqishi mumkin
Olam
−
31 iyul 2023
3729Italiya Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusidan chiqishni rejalashtirmoqda, chunki, bu Italiya eksportining oshishiga ta’sir ko‘rsatmagan. Bu haqda Italiya Mudofaa vaziri Gvido Krosetto “Corriere della Sera” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir eng muhim masala Pekin bilan “munosabatlarga putur yetkazmasdan qanday qilib loyihadan chiqish”.
"To‘g‘ri, Xitoy raqobatchi, lekin u sherik ham ", degan Krosetto.
Krosettoning fikricha, Xitoyning “Ipak yo‘li”ga qo‘shilish tanlovi Juzeppe Konte hukumatining kutilmagan va “nopok harakati” bo‘lib, bu ikki tomonlama salbiy natijaga olib kelgan.
"Biz Xitoyga juda ko‘p apelsin yetkazib berdik va eksportimizni uch barobarga oshirdik", deb tushuntiradi Krosetto.
Ma’lumot uchun, Italiya 2019 yilda Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusiga qo‘shilgan birinchi G7 davlati bo‘lgan.
LiveBarchasi