Xitoy TIV Sunakning ayblovlari yolg‘on ekanini ta’kidladi
Olam
−
24 may 2023
5800Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Hua Chunin Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning Xirosimada bo‘lib o‘tgan G7 sammitida Xitoyga qarshi aytgan ayblovlarini rad etdi. Bu haqda joriy yilning 22 may kuni kechqurun u o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
“Katta yettilikning ba’zi a’zolari Xitoyni global xavfsizlik va farovonlikka eng katta tahdid, deb atadi. Rostdanmi?”, deb yozgan Hua Chunin.
Shuningdek, diplomat Jahon banki ma’lumotlar bazasiga asoslangan grafikni e’lon qilgan, unda 2013 yildan 2021 yilgacha Xitoyning jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sishiga qo‘shgan hissasi 38,6 foizni, G7 mamlakatlariniki esa 25,7 foizni (ularning 18,6 foizi AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi) tashkil etganini ko‘rsatgan.
“Agar Xitoy tahdid bo‘lsa, suveren davlatlar bilan urush boshlaydigan, qonuniy xorijiy hukumatlarni ag‘darib tashlaydigan, ko‘p tomonlama shartnomalardan chiqadigan va boshqa mamlakatlarni ta’minot zanjirlarini kesishga majburlaydigan G7 a’zolari nima?”, deydi Hua Chunin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 2001 yilgacha dunyoning 153 mintaqasida 248 ta qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lgan, ulardan 201 tasi AQSH tashabbusi bilan boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, 21 mart kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Xirosimadagi G7 sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida so‘zlab, Xitoy “asrimizning eng katta global xavfsizlik muammosi” ekanini aytgandi. Shundan so‘ng Xitoyning Londondagi elchixonasi Britaniya hukumatini Pekinga qarshi “tuhmatli bayonotlar” berishni bas qilishga va buning o‘rniga, o‘z muammolari bilan shug‘ullanishga chaqirgandi.
LiveBarchasi