Xitoy Tayvanga qachon bostirib kirishi aytildi
Olam
−
21 mart
29438Xitoy 2027 yilda Tayvanga bostirib kirish uchun tayyorlanmoqda. Bu haqda AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi boshlig‘i, admiral Jon Akilino "Bloomberg" nashriga aytib o‘tdi.
Admiralga ko‘ra, Xitoy o‘zining harbiy va yadroviy arsenalini Ikkinchi jahon urushidan beri misli ko‘rilmagan darajaga yetkazgan. Barcha belgilar va josuslik ma’lumotlari "ajdar"ning uch yil ichida Tayvanni bosib olishga tayyor bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiy muammolariga qaramay Xitoy mudofaa byudjeti so‘nggi yillarda 16 foizga oshgan va 223 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etgan.
"So‘nggi yillarda Xitoy armiyasi 400 ta qiruvchi samolyot va 20 dan ortiq yirik harbiy kemalarni o‘z harbiy qurollari zaxirasiga qo‘shdi, shuningdek, 2020 yildan beri mamlakat o‘zining ballistik va qanotli raketalari sonini ikki baravarga oshirgan.
Barcha ko‘rsatkichlar Szinpinning 2027 yilgacha Tayvanga bostirib kirishga tayyor bo‘lish haqidagi buyrug‘i bajarilayotganini anglatadi”, deydi Akilino.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Xitoy Raisi Si Szinpin mamlakat armiyasiga 2027 yilgacha Tayvan ustidan nazorat o‘rnatish uchun operatsiya o‘tkazishga tayyor turishni buyurganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi