Xitoy Rossiyaning superqurollari yadroviy bombadan xavfli ekanini aytdi

Olam

image

Rossiyaning yangi “Sarmat”, “Avangard” va “Yars” harbiy majmualari favqulodda xavfli. Bu haqda “Gazeta.ru” Xitoyning Sina portaliga tayanib, yozmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiyaning bu modellar bilan qayta qurollantirilgan raketalari AQSHni ilojsiz vaziyatda qoldiradi.

AQSHning eng takomillashgan mudofaa tizimiga ega ekanini aytishiga qaramay, ular yuqori tezlikda harakatlaniuvchi “Avangard” raketasini ushlay olmaydi. Bu esa raketani yadroviy bombasidan ham xavfliroq bo‘lishiga xizmat qiladi.

Avvalroq, AQSH o‘zining yadroviy raketalarini modernizatsiya qilishni boshlaganini e’lon qilgandi. Ular Rossiyanikidek qurollarni ishlab chiqarish niyatida.

Rossiyaning kelgusidagi superquroli haqida 2018 yil mart oyida ma’lum bo‘lgandi. Bu qurollarni RF Prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga murojaati vaqtida tanishtirgandi


Maqola muallifi

Teglar

Avangard

Baholaganlar

579

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing