Xitoy Rossiyadan neft olishni sezilarli darajada kamaytirdi

Olam

image

Joriy yilning iyul oyida Rossiyadan Xitoyga neft xomashyosi importining umumiy hajmi 2023 yilning iyuliga nisbatan 7,4 foizga qisqardi. Bu haqda Xitoy Bojxona bosh boshqarmasining kecha, 20 avgust kuni e’lon qilingan statistik ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Unga ko‘ra, Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish hajmi kuniga 1,76 million barrelgacha qisqardi. Bu 2022 yil sentyabridan beri eng past ko‘rsatkichdir.

So‘nggi bir necha oy ichida Xitoyda yoqilg‘iga talabning pasayishi davom etdi. Agar 2024 yil mart oyida Xitoy Rossiya neftining import hajmini oshirgan va bu kuniga 2,55 million barrelga yetgan bo‘lsa, ikkinchi chorakda importning qisqarishi boshlandi: iyulga kelib mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 30 foizga kamaydi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga may oyidagi tashrifi bu jarayonni to‘xtata olmadi. 

“The Moscow Times” nashriga ko‘ra, keyingi oylarda hatto Rossiya xomashyosiga talabning pasayishi tezlashdi.

“Reuters” bu tendensiyani qayta ishlash marjasining pastligi va past yoqilg‘iga talab Xitoy davlat va mustaqil neftni qayta ishlash zavodlari faoliyatini cheklagani bilan izohladi.

Shu bilan birga, Pekin boshqa yetkazib beruvchilardan neft sotib olishni ko‘paytirmoqda. Shu tariqa, iyul oyida Saudiya Arabistonidan yetkazib berish 2023 yilga nisbatan 13 foizga oshib, kuniga 1,51 million barrelga, Malayziyadan import esa 61 foizga o‘sib, yillik hisobda kuniga 1,46 barrelgacha yetdi.

Xitoy Rossiya neftining eng yirik xaridoridir va bu mamlakatga importning kamayishi Moskvaning xorijda yoqilg‘i sotishdan oladigan daromadiga ta’sir ko‘rsatdi. 

Finlyandiyaning energiya va toza havo CRYeA tadqiqot markaziga ko‘ra, iyul oyida Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘i eksportidan oylik daromadi kuniga 656 million yevroni tashkil etdi, bu 2024 yildagi eng past ko‘rsatkichdir.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft' Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made